Rayan Garsiyani bir yillik qamoq jazosi kutmoqda

  • 20 iyul, 2024, 13:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rayan Garsiya (25-1, 20 KO) "Beverli-Xillz" mehmonxonasini buzish va 15 000 dollar zarar etkazishda ayblangan ishda bir yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Tecno

 Garsiya bu ish bo‘yicha iyul oyi boshida hibsga olingan va so‘roqdan keyin qo‘yib yuborilgandi. Rasmiy ayblov avgust oyida ochilishi kerak va butun ish shu yil hal qilinishi zarur.

Iyul oyida hibsga olinganida, Garsiya sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan va keyinchalik baholash hamda davolanish uchun tibbiy markazga olib ketilgan. Garsiyaning advokati Rayan o‘zining ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida bir necha yillar davomida ochiq gapirganini va Devin Xeyni bilan bo‘lgan jangdagi doping mojarosidan keyin bokschi hozirda katta hissiy yuk bilan kurashayotganini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!