Rayder nafaqaga chiqqanini e’lon qildi
Jahon chempionligi uchun bir necha bor sobiq davogar Jon Rayder boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Qo‘lqoplarimni osib, professional boksdagi faoliyatimni tugatishga qaror qildim. Oxirgi 14 yil ichida eng ajoyib martabaga ega bo‘ldim. Bundan baxtiyorman. Men faoliyatimni 2010 yilda Bethnal Greenda boshladim va Arizona shtatining Feniks shahrida tugatdim. Islingtonlik yigit sifatida yomon hikoya yozmadim. Garchi professional boksdagi faoliyatim yakunlangan bo‘lsa-da, boks mendan osonlikcha qutula olmaydi. Men murabbiylik faoliyatimni boshlashni intiqlik bilan kutyapman," - deya Rayderning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Matchroom Boxing.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida 35 yoshli britaniyalik Xayme Mungiyadan texnik nokautga uchragan edi. Bu mag‘lubiyat Jonning ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi - o‘tgan yilning may oyida u Saul Alvaresga ochkolar hisobida yutqazgandi.

Fikrlar