"Real" 17 yoshli futbolchi uchun kurashmoqda

Braziliyaning “Palmeyras” klubi yarim himoyachisi Alan De Souza faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.

17 yoshli futbolchi  ayni vaqtda Braziliya o‘smirlar terma jamoasi safida Xindistonda o‘tayotgan mundialda ishtirok etmoqda va uning o‘yinlari “qaymoqranglilar” skautlarida qiziqish uyg‘otgan.

Uning transferi 2018 yilning yozida amalga oshishi kutilmoqda. Alan Madridda dastavval ikkinchi jamoa bilan shug‘ullanadi.

Qayd etish joiz, uning tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi. Biroq shartnoma muddati 2019 yilda nihoyasiga etishini ham alohida qayd etish lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!