“Real” 210 million evrolik ikki yulduzi bo‘yicha “Liverpul”ga javob qaytardi
“Liverpul” kelasi yoz tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real”ning ikki o‘yinchisini transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Arne Slot o‘z jamoasida braziliyalik hujumchi Rodrigo va frantsiyalik yarim himoyachi Orelen Tchuamenini ko‘rishni istayapti.
Taniqli insayder Ekrem Konurning ta’kidlashicha, “Liverpul” bu transferlarni amalga oshira olmaydi. Chunki “Real” har ikki o‘yinchini jamoadagi o‘rni muhim ekanini ma’lum qilgan va ular bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmaydi.
Transfermark portali 23 yoshli Rodrigoni 110 million evroga baholamoqda. 24 yoshli Tchuameni esa, 100 million evro turadi. Har ikkisining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar