"Real": 80 million yevro beramiz, yulduzingni Madriddga jo'nat!

  • 05.10.2026 17:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi va «Liverpool» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister 2026/2027 yilgi mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan insayder Ekrem Konur xabariga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga Madridning «Real» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, «qirollik klubi» kelasi yozda Mak Allisterni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.

«Liverpool» hozircha argentinalik yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida emas. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Mak Allister joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida beshta o‘yin o‘tkazdi va bir bor ogohlantiruvchi sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!