
“Real” baribir shu yulduzni oladi
“Real” rahbariyati yozda himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib boradi. Madridliklar o‘ng qanotga “Liverpul” futbolchisi Trent Aleksander-Arnoldni olib kelishni mo‘ljallagan.
25 yoshli futbolchining liverpulliklar bilan shartnomasi yakunlanmoqda va u “Qirollik klubi”ga o‘tishga moyil bo‘lgani uchun hamkorlikni uzaytirmaydi.
“Real” ayni paytda o‘ng qanot himoyasida to‘p tepayotgan 32 yoshli Dani Karvaxal o‘ynamoqda. Madridliklar shartnomasi tugayotgan ispan futbolchisi bilan kelishuvni uzaytiradigan bo‘ldi.
Shunga qaramay, “Real” Trent Aleksander-Arnoldni olish fikridan qaytmaydi. Madridliklarni aslida 70 million evroga baholanayotgan yuqori malakali o‘yinchini erkin agent sifatida bepul olish imkoniyati qiziqtirmoqda.
Fikrlar