“Real” bilan besh yillik bitimga tayyorman!
“Chelsi”ning argentinalik yarim himoyachisi Enzo Fernandez unga qiziqish bildirayotgan “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tib, bu klub bilan besh yillik shartnoma tuzishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqida El Debate nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi “Qirollik klubi”ga o‘tishni xohlamoqda, ammo transferga “Chelsi” belgilagan 138 million evrolik badal narxi to‘sqinlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Enzo Fernandez barcha musobaqalarda 54 ta o‘yinda qatnashib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning klub bilan shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar