"Real" boshlab berdi! La liga klublari xayrli ishga qo‘l urdi

  • 12 fevral, 2023, 06:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga klublari Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berdi.

Tecno

Ispaniya futbolida uzoq vaqt ishlab kelgan turkiyalik futbol agenti Bayram Tutumlu zilzilada jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun aktsiya olib bormoqda. Uning tashabbusini Ispaniya chempionatining ko‘plab klublari qo‘llab-quvvatlab, yordam va hamkorlikni taklif qilishdi.

"Real" Madrid insonparvarlik yordamini ko‘rsatgan birinchi klublardan biri bo‘ldi. Madridliklar qurbonlarga 20 042 dona kiyim-kechak jo‘natdi. Ular palto, futbolka, shimlar, kurtka va paypoqlardan iborat.

"Atletiko", "Sevilya", "Xetafe", "Barselona", "Betis", "Valensiya" hamda "Espanol" kabi klublar ham moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

UEFA Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga yordam berish uchun 200 ming evro yubordi. Bo‘lajak evrokubok o‘yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!