
"Real" "Chelsi" yarim himoyachisini nishonga oldi!
Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesni qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqmoqda.
"CaughtOffside" xabariga ko‘ra, madridliklar argentinalik futbolchini olib kelish uchun frantsiyalik yarim himoyachi Tchuamenini kelishuvga qo‘shish variantini ham o‘ylamoqda.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi "qirollik klubi" esa yozda ko‘proq maydon markaziga e’tibor berishni rejalashtirmoqda. Hozirda "Real" Fernandes variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, klub mutasaddilari "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virtsni jamoaga jalb qilish haqida o‘ylamoqda. Biroq, hali rasmiy taklif va muzokaralar bo‘lmagan. Agarda londonliklar xavbek bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, "qaymoqranglilar" taklif bilan chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar