"Real" "Chelsi"ga Kovachichning ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqda

  • 27 aprel, 2019, 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ijara asosida "Chelsi"da o‘tkazayotgan xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich yana tumanli albionda qolishi mumkin.

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Kovachichning transfer huquqiga egalik qiluvchi “Real” Madrid klubi “aristokratlar”ga u bilan tuzilgan ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qilmoqda. Londonliklar esa ushbu kelishuvga futbolchini keyinchalik 30 mln evro evaziga to‘liq sotib olish to‘g‘risidagi bandni ham kiritishlarini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kovachich joriy mavsum “Chelsi” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!