
"Real" darvozaboniga APLdan chorlov bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted" "Real Madrid" darvozaboni Andrey Luninga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, "qizil iblislar" yozda Luninni sotib olmoqchi. Klub rahbariyati futbolchining agenti hisoblangan Jorje Mendesh bilan yaxshi aloqalarga ega. Bu esa Luninni boshqa jamoaga o‘tishga rozi bo‘lish imkoniyatlarini oshiradi. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim ham hozirda asosiy posbon bo‘lgan Andre Onananing o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda keper La Liganing 3 ta bahsida ishtirok etib, o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi. 29 yoshli futbolchining "qaymmoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalida narxi 20 million evro etib belgilangan.
Fikrlar