"Real" Devis transferidan voz kechmoqchi emas

  • 13 iyun, 2024, 21:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi Alfonso Devisning kelajagi borasidagi qarorini kutmoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, "Bavariya" himoyachisining transferi madridliklarning Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan keyingi asosiy maqsadi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, "Real" va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar a’lo va klub uni hamda "Bavariya"dan keyingi qadamlar to‘g‘risidagi qaror qilishini kutmoqda.

Hozir futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha Myunxen klubidan kelgan so‘nggi taklifni ko‘rib chiqmoqda, ammo shartlar uni qolishiga unday olmaydi. "Cadena SER" xabariga ko‘ra, kanadalik allaqachon shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan.

O‘z navbatida "Real" kelasi yil erkin agentga aylanadigan futbolchining transferi uchun ortiqcha pul to‘lamoqchi emas. Klub hali ham 35-40 million evrodan nariga ztishni rejalashtirmayapti.

Madridliklar Devisni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida optimistik fikrda, ammo agar "Bavariya" bu yozda o‘z byudjetiga mos keladigan narx bo‘yicha muzokara qilishga rozi bo‘lsa, buni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, "Los Blankos" nemis klubi bilan busmaslikka harakat qilmoqda. Devis bilan shartnoma imzolash rejasi 2014 yilda Toni Kroos uchun qo‘llangan formulasiga amal qilish, o‘shanda ular "Bavariya" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchi uchun hamyonbop narxni kelishib olishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!