
“Real” “el-klasiko”da bu ishni 53 yildan beri uddalay olmayapti
Ispaniya kubogining yarim final dastlabki uchrashuvida “Real” futbolchilari o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi.
Bu galgi “el-klasiko”da mehmon jamoa birgina gol evaziga o‘z uyiga g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Ispaniya kubogi turnirida “Barselona”ni 1970 yilan beri uy uchrashuvlarida mag‘lub eta olmayotgan ekan. Bu musobaqada madridliklar “Santyago Bernabeu”dagi so‘nggi o‘nta bahsdan faqat bittasida zafar quchgan. Ular so‘nggi bor bundan 53 yil muqaddam kataloniyaliklarni 2:0 hisobida enggan edi.
Endi Karlo Anchelotti shogirdlari yarim finalning 5 aprelga belgilangan javob uchrashuvida “Barselona”dan revansh olishga harakat qiladi.
“Barselona” Ispaniya kubogini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Kataloniyaliklar 31 marotaba ushbu sovringa sazovor bo‘lgan. “Real” 19 ta kubok bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar