"Real" Frantsiyadan "yangi Varan" topdi

  • 16 dekabr, 2023, 10:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" markaziy himoyachisi "Real"ga o‘tishi mumkin.

Noyabr oyida o‘zining 18 yoshini nishonlagan Leni Yoroga Evropaning bir necha grandlari qiziqish bildirayotgan edi. "Madrid Zone" nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" Yoroni Rafael Varanning yo‘lidan borishga qodir, deb hisoblaydi va uni sotib olmoqchi. Varan ham "qaymoqranglilar" safiga Frantsiyadan ko‘chib o‘tgan.

"Lill" Leni uchun kamida 50 million evro talab qiladi. Bundan tashqari PSJ ham istiqbolli markaziy himoyachini sotib olishga qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi ushbu mavsumda jami 19 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. "Transfermarkt" portali uni 18 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!