
"Real" Jahon chempioniga ko‘z olaytirmoqda
Madridning “Real” klubi Frantsiya terma jamoasi a’zosi N'Golo Kanteni qishda o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Karlo Anchelotti boshchiligidagi "qaymoqranglilar" bu mavsum jarohatlar sababli qishda bir necha transfer amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Italiyalik mutaxassic so‘nggi o‘yinlarda himoyadagi bo‘shliqlarni yarim himoyachilardan foydalanib to‘ldirib kelmoqda. Masalan, "Cevilya"ga qarshi to‘qnashuvda Eder Militao va Ferlan Mendi o‘rniga Tchuameni va Eduardo Kamavinga harakat qilishdi.
Bu holat maydon markazidagi muammolarni paydo qilmoqda. Shu bois, Florentino Peres hozirgi kunda Saudiyaning “Al-Ittihod” klubida to‘p tepayotgan Kanteni xarid qilish haqida o‘ylamoqda. Bir necha manbalarga ko‘ra, futbolchi ham Evropaga qaytishga qarshi emas.
33 yoshli xavbekning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va uning Transfermarkt portalidagi bahosi 7 million evro deb baholandi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ning sobiq futbolchisi bu mavsumda 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar