
“Real” juda arzon o‘yinchi topdi
Evropaning grand klublari ko‘pinchi bir o‘yinchi uchun katta miqdorda xarajat qilishi odatiy holga aylanib qolgan.
Biroq “Real” bu an’anani buzmoqchi. Madridliklar himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi o‘yinchi topdi.
“Real Sosedad”da o‘ynayotgan qanot himoyachisi Jon Aramburuning mahorati “Qirollik klubi” vakillarini o‘ziga jalb qildi.
22 yoshli futbolchi La Liga o‘yinlarida texnik mahorati, jismoniy quvvati va hujumga qo‘shilish qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda. Madridliklar Jon Aramburuning “Real” qo‘llayotgan o‘yin uslubiga tez moslaga olishiga ishonyapti.
“Real Sosedad” o‘z o‘yinchisining katta klublarga ketishiga to‘sqinlik qilmoqchi emas. San-sebastyanliklar Aramburu uchun 10 million evrodan ko‘proq badal puli talab qilyapti. Bu summa “Real”dek baquvvat klubga hech qanday og‘irlik tug‘dirmaydi.
Fikrlar