
“Real” Karvaxal bilan shartnomani uzaytirib, o‘rniga boshqa o‘yinchi olyapti
“Real” sardori Daniel Karvaxal og‘ir jarohat tufayli bu mavsumni o‘tkazib yuboradi. “Qirollik klubi” xo‘jayinlari uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yakunlanayotgan shartnomasini bir yilga uzaytirib berdi.
Shunga qaramay, madridliklar yaqin kelajakda Danining o‘rnini egallaydigan himoyachi ham oladigan bo‘lyapti.
Tuttosport nashrining yozishicha, “Real” mutasaddilari “Yuventus”da o‘ynayotgan 24 yoshli Andrea Kambyuzoni nishonga olgan. Manbaga ko‘ra, madridliklar bu futbolchini anchadan beri kuzatib yurgan va Karvaxalning jarohati tufayli ishlar tezlashib bormoqda.
Kambyazo aslida “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Genuyaliklardan tashqari ijara asosida bir necha jamoalarda tajriba oshirgan.
“Yuventus” har ikki qanotda o‘ynay oladigan iqtidorli futbolchini 2022 yilning yozida 13,3 million evroga transfer qilgandi. Hozir bu o‘yinchi 25 million evroga baholanmoqda.
Kambyazo 2024 yilning martidan boshlab Italiya terma jamoasiga jalb qilinmoqda. Hozirga qadar xalqaro miqyosda o‘nta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga ham erishdi.
Fikrlar