“Real” katta transfer bo‘yicha ish boshladi

  • 14.09.2025 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi qishki transferlar oynasi davrida ham o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha muayyan harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Taniqli insayder Ekrem Konur “Qirollik klubi” mutasaddilari “Manchester Yunayted”ga murojaat qiliyu, klub tarbiyalanuvchisi Kobbi Maynuning transfer ma’lumotlarini so‘ragani haqida xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Maynuning o‘zi “Real”dan rasmiy taklif kelsa, darrov Madridga yo‘l olishga tayyor. Iste’dodli futbolchi oldida boshqa variantlar ham bor.

“Manchester Yunayted” Kobbini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Manchesterliklar fuyuolchini 80 million evroga baholamoqda.

Kobbi Maynu atrofidagi vaziyatni “Real”dan tashqari “Napoli, “Bavariya”, “Lion” kabi klublari ham sinchkovlik bilan kuzatib boryapti.

20 yoshli iqtidor egasi “Manchester Yunayted”ning birinchi jamoasi safida shu paytga qadar 74 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga ettita gol va ikkita assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!