"Real" keyingi bosqichga chiqsa, qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 fevral, 12:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" EChLning pley-off bosqichida "Manchester Siti" ustidan zafar quchib, chorak finalga yo‘l olsa, 11 million evro ishlab oladi. 

Tecno

Xabaringiz bor, "qirollik klubi" UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" bilan to‘qnash keladi. 

"AS" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, agarda "qaymoqranglilar" "shaharliklar" ustidan muvaffaqiyatga erishib, keyingi bosqichga chiqsa, qo‘shimcha 11 million evro ishlab oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Real Madrid" va "Manchester Siti" klublari o‘rtasidagi muhim bahs 11 fevraldan 12 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!