“Real” Kloppdan yuz oʻgirdi
Madridning “Real” klubi nemis mutaxassisi Yurgen Kloppni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash variantlarini ko‘rib chiqmayapti. Avvalroq The Athletic nashri madridliklar rahbariyati “Liverpul”ning sobiq murabbiyi nomzodini yuqori baholayotgani haqida xabar bergan edi.
- Menga ma’lum bo‘lishicha, Yurgen Klopp – bu imkonsiz variant. Hozir Kloppdan hayratda bo‘lganlar, buni unuting. Uning “Real”ga o‘tishi kutilmayapti.
Balki u sizlarga juda yoqar, u ajoyib murabbiy, lekin endi “Real” rahbariyati rejalariга kirmaydi. Uni imzolash rejalashtirilmagan, - dedi jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito dasturida.
Yanvar oyidan beri “Real”ni bosh murabbiy Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda. Biroq uning qo‘l ostida jamoa namoyish etayotgan o‘yin ham, ko‘rsatayotgan natijalar ham ko‘pchilikni qoniqtirayotgani yo‘q.
Fikrlar