"Real" Kroosga o‘rinbosar topdi

  • 8 may, 2024, 19:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yaqin kelajak uchun transferlar rejasini tuzmoqda. "Sport Bild" nashrining xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" diqqatini Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsga qaratgan.

"Qirollik klubi" 21 yoshli futbolchini Toni Kroosga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Toni joriy mavsum Madridda qoladi va katta ehtimol kelasi yili jamoani tark etadi. "Real" Virts transferini 2025 yilning yozida amalga oshirmoqchi. Florianga Madrid grandidan tashqari, "Manchester Siti", "Arsenal" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.

Nufuzli "Transfermarkt" portali leverkuzenklar a’zosini 110 million evroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda Florian barcha musobaqalarni hisoblaganda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va sheriklari uchun 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!