“Real” kutilmaganda Manchesterdan himoyachi oladigan bo‘ldi

  • 14.12.2025 16:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum ham himoya chizig‘ida kadrlar masalasida muammoga duch kelgan “Real” rahbariyati bu pozitsiyaga yangi ijrochi olishga qaror qildi.

Madridliklar bu borada “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik legioneri Diogu Dalotni nishonga oldi.

Bu haqda TEAMtalk nashri ma’lumot tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” mutasaddilariga bu o‘yinchining universalligi ma’qul kelgan. Diogu har ikki qanotda birday samarali o‘ynay oladi.

Diogu Dalot uchun kurashda madridliklar o‘z hamshaharlari – “Atletiko” hamda Bundesliga chempioni “Bavariya” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari 1 ta gol va 2 ta golli uzatma ham qayd etgan. Dalotning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million evroni  tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!