"Real Madrid" EChLda eng ko‘p penalti ijro etgan jamoaga aylandi
Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” va “Marsel” (2:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsda Xabi Alonso shogirdlari g‘alaba qozondi. Uchrashuvda “qirollik” klubining ikki goli ham 11 metrlik jarima zarbasidan kiritildi.
Shu tariqa, “Real Madrid” EChL tarixida jami 63 ta penalti amalga oshirib, “Bavariya”ni orqada qoldirdi va penaltilar soni bo‘yicha turnirning mutlaq etakchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, “Real” 2-turda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar