
"Real Madrid" futbolchisi jamoadoshini "qutqardi"
Dani Sebalos jamoadoshi Braim Diasga uni "qutqargani" uchun minnatdorchilik bildirdi.
Xabaringiz bor, "Real" Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga o‘tish uchun o‘tkazilgan birinchi o‘yinda "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi (3:2). Uchrashuvning 77-daqiqasida Kleman Tyurpen madridliklar jarima maydonida Sebalos va Fil Foden to‘qnashuvidan so‘ng penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Erling Holand golga aylantirib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng, Karlo Anchelotti Sebalosni zaxiraga oldi va uning o‘rniga Luka Modrichni maydonga tushirdi.
86-daqiqada esa biroz avval zaxiradan maydonga tushgan Braim Dias hisobni tenglashtirdi.
"Meni ikki oylik tanaffusdan qutqarib qolganing uchun rahmat" - deb yozdi Sebalos o‘yindan keyin Diasning Instagramdagi postiga izoh qoldirgan holda.
Fikrlar