
"Real Madrid" xaloskori jamoadan ketmoqda
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Espanol"ga tegishli hujumchi Xoselu "Real Madrid" uni sotib olishga tayyorligiga qaramay, "Al-Garafa"ga o‘tishga qaror qilgan. "Los-Blankos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi edi.
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Futbolchi bilan hamkorlik tafsilotlari yaqin orada kelishib olinadi.
Avvalroq, Xoselu Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi "Real" safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xujumchi jamoa bilan Ispaniya Superkubogi va Chempionati, shuningdek, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar