
"Real Madrid"ning yana bir futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
Dani Sebalos o‘ng to‘pig‘idan jarohat oldi.
Madridning "Real" klubi tibbiy ko‘rik natijasida futbolchi o‘ng to‘pig‘ining uchinchi darajali jarhati aniqlanganini ma’lum qildi.
Kecha 28 yoshli futbolchi "Real"ning La Liga doirasidagi "Betis"ga (2:0) qarshi o‘yinida 65 daqiqa harakat qildi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi 6-8 haftani o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar