"Real" "Manchester Siti"ni mag‘lub etib tarixiy natija qayd etdi

  • 12.02.2025 06:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi o‘yinida "Manchester Siti"ni mehmonda 3:2 hisobida mag‘lub etdi. UEFA rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bu g‘alaba Madrid klubining qit’aning eng nufuzli klub turniridagi 300-g‘alabasi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" joylashgan bo‘lib, uning hisobida 241 ta g‘alaba bor. Kuchli uchlikni esa 209 ta g‘alaba bilan "Barselona" yakunlab turibdi.

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi javob o‘yini 19-fevral, chorshanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, "Real" o‘z tarixida Evropa chempionlar kubogini 15 marta qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!