“Real” mashhur hujumchidan voz kechdi

  • 6 iyul, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi va Braziliya terma jamoasining universal hujumchisi Rodrigo Goes endi o‘ziga yangi jamoa topish masalasida bosh qotirsa ham bo‘laveradi.

Tecno

The Athletic nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan qimmatbaho futbolchini sotib yuborishga qaror qildi.

Yangi bosh murabbiy Xabi Alonson ham 24 yoshli vingerga o‘z tarkibidan joy ajratib berolmadi. Ispaniyalik mutaxassis “Real”ni qabul qilib olganidan keyin Rodrigo uchta uchrashuvda ko‘rinish berib, maydonda jami 23 daqiqa to‘p tepdi xolos.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, madridliklar braziliyalik legioner bo‘yicha jo‘yali taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor. Asosiy da’vogar sifatida “Arsenal” tilga olinmoqda. “Kanonirlar” yaqinda Rodrigoning agentlari bilan aloqa o‘rnatgan edi.

London klubi bosh murabbiy  Mikel Arteta Rodrigo Goesning universalligiga ishqiboz bo‘lmoqda va bu futbolchi har ikki qanotdan hujum tashkil qilib, jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!