
“Real” Mbappega baho berdi
“Real” mavsumlar oralig‘ida jamoaga kelib qo‘shilgan frantsiyalik to‘purar Kilian Mbappening o‘yinlariga yuqori baho berdi.
Frantsiyalik hujumchi italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo‘l ostida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.
Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lum qilishicha, “Real” rahbariyati Kilian Mbappening harakati va o‘yinlaridan to‘liq qoniqish hosil qilgan.
Madridliklarga yulduz darajasidagi o‘yinchining kamtarligi va yangi muhitga juda tez moslasha olish qobiliyati ham ma’qul kelgani aytilmoqda.
Shunga qaramay, “Real” xo‘jayinlari Kilian Mbappe bor imkoniyatini ishga solishiga yana vaqt kerakligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislarning aytishicha, Kilian imkoniyat darajasidan 60 foizga yaqinini ishlatmoqda.
Fikrlar