“Real” Mbappega: Yo hozir, yoki hech qachon!

  • 2 dekabr, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Bu haqda qishki transferlar vaqtida Relevo nashri xabar tarqatdi.

Tecno

“Qirollik klubi” yanvar oyida Kilian Mbappe bilan dastlabki shartnomani imzolab qo‘ymoqchi. Unda frantsiyalik futbolchi mavsum yakunlangach. Madridga ko‘chib o‘tishi ko‘rsatilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar agar Kilin Mbappe haqiqatan “Real”da o‘ynashni istasa,  tezroq hamkorlik  hujjatlarini iszolashi kerak, deb hisoblamoqda.

Agar Mbappe “Real”ga ko‘chib o‘tishni paysalga soladigan bo‘lsa, klub mutasaddilari 24 yoshli futbolchini transfer qilish fikridan to‘liq voz kechadi.

Mbappening o‘zi PSJ bilan yangi shartnoma imzolash taklifini qabul qilgani yo‘q. Angliyaning bir necha klublar uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga tayyorligi aytilmoqda.

O‘tgan yili yozda Mbappe “Real” rahbariyatini transferga ishontirib, amalda PSJda qolganidan keyin “Qirollik klubi” futbolchiga ishonmay qo‘ygan va masalani rasmiy hujjatlarni imzolatish orqali hal qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!