
“Real” Modrich o‘rniga yoshini tanladi
“Real” rahbariyati 38 yoshli pleymeyker Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildi.
Xorvatiyalik yarim himoyachi faoliyatini “Qirollik klubi”da tugatish uchun kelasi mavsum ham jamoada qolishni rejalashtirayotgan edi.
Relevo nashrini yozishicha, madridliklar bundan buyon yosh o‘yinchilarga tayanadi. Xususan, murabbiylar shtabi Luka Modrich o‘rniga 19 yoshli turkiyalik futbolchi Arda Gyulerni o‘ynatadigan bo‘lyapti.
“Real” mutasaddilari turk yarim himoyachisi kelajakda Modrich darajasiga ko‘tarilishiga ishonmoqda. Joriy mavsumda bosh murabbiy Karlo Anchelotti belgilangan o‘yin vaqtini Arda Gyuler va Luka Modrich o‘rtasida taqsimlab berishiga to‘g‘ri kelgan edi.
Gyuler La Ligada to‘qqiz marotaba maydonga tushib, jami 283 daqiqa o‘ynadi va o‘ziga ayratilgan vaqtda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Luka Modrichning ko‘rsatkichlari pastroq bo‘ldi. Milliy chempionatda 30 uchrashuvda qatnashgan xorvatiyalik futbolchi 1589 daqiqa ichida ikkita gol va oltita assistni amalga oshirdi.
Fikrlar