“Real” Mourinyodan yuz oʻgirdi

  • 22.04.2026 18:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum boshqaruv sohasida muammoga duch kelgan “Real” rahbariyati jamoaning yulduz futbolchilariga ta'sir o‘tkaza oladigan xorijlik murabbiy qidirayotgani haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.

Nomzodlar orasida ayni paytda Portugaliyaning “Benfika” jamoasida ishlayotgan Joze Mourinyo variantini ham muhokama qilindi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” Joze Mourinyuni yana bosh murabbiy sifatida tayinlash variantidan voz kechdi.

Ma'lum qilinishicha, klub rahbariyati portugalialik mutaxassis o‘zining eng yaxshi davrini ortda qoldirgan, deb hisoblamoqda.

Shu sabab “Real” so‘nggi yillarda yuqori natijalarga erishgan va zamonaviy futbol talablariga mos keladigan murabbiyni afzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010-2013 yillar davomida “Real”ni boshqargan va shu davrda Ispaniya chempionligi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!