“Real” muxlislari “Siti” bilan to‘qnashuv oldidan xushxabar eshitdi

  • 17 fevral, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Manchester Siti” bilan bo‘ladigan javob uchrashuvidan oldin muxlislarni xursand qiladigan xabar aytdi.

Tecno

Italiyalik mutaxassisning ma’lum qilishicha, jarohat olgan Lukas Vaskes, Antonio Ryudiger va David Alaba kabi tajribali himoyachilarning bari safga qaytgan va bo‘lajak to‘qnashuvda ishtirok eta oladi.

- Bu himoyachilarning ahvoli yaxshilandi, ular individual tarzda shug‘ullanmoqda. Ular o‘yingacha umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Uchala futbolchi ham “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘ladi, - dedi Karlo Anchelotti.

Evropa Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqish uchun o‘tkazilayotgan bellashuvlarning birinchisida madridliklar Manchesterdan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan. Javob o‘yini 19 fevral kuni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!