“Real” nega Mbappedan norozi bo‘lyapti?
“Real” va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe atrofidagi vaziyat ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. 25 yoshli futbolchi Parijni tark etadigan bo‘lsa, faqatgina “Real”ga borishi mumkin.
Chunki Mbappening transferini hatto “Liverpul” ham ko‘tara olmasligini tan oldi.
Mbappe yaqinda kelajagi haqida berilgan savolga hali qaysi jamoada to‘p tepishi bo‘yicha bir qarorga kelmagani aytib, javob qaytargan edi.
El Chiringuito nashrining yozishicha, forvardning gaplari “Real” rahbariyatiga yoqmagan.
Ayrim manbalarda Mbappe va “Real” o‘zaro hamkorlik bo‘yicha maxfiy kelishuvga erishgani va bu ma’lumot kelasi yozgacha sir tutilishi haqida yozilmoqda.
Fikrlar