“Real” nishonga olgan yulduz nomi oshkor bo‘ldi

  • 18.09.2025 05:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirib borayotgan “Real” yangi transfer nishonlarini aniqlab oldi. Yozda Antonio Ryudiger va David Alaba bilan xayrlashishga qaror qilgan Xabi Alonso himoya markaziga “Arsenal” vakili Vilyam Salibani olib kelmoqchi.

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

“Kanonirlar” jamoaning etakchi himoyachisiga madridliklar qiziqish bildirayotganidan xabardor va ular frantsiyalik o‘yinchini saqlab qolishga bor e’tiborni qaratmoqda. Ular Salibani yangi shartnoma bilan bog‘lab qo‘ymoqchi.

Vilyam Salibaning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. 24 yoshli futbolchi  Transfermarkt portali tomonidan 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!