"Real" Oston O‘runovning jamoadoshiga jiddiy qiziqib qoldi

  • 1 aprel, 2021, 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" rahbariyati "Spartak" klubi va Rossiya yoshlar terma jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr Maksimenkoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda rossiyalik jurnalist va insayder Dmitriy Klipin o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Tecno

“Real” vakillari Rossiya yoshlar terma jamoasining Islandiyaga qarshi bahsidan so‘ng, darhol Maksimenko bilan aloqaga chiqdi. Men buni 1 aprel hazili emasligini oldindan aytib qo‘ymoqchiman. Men o‘z manbalarim bilan bog‘landim. To‘g‘risini aytganda, bunga ishonish qiyin, ammo ular haqiqatdan ham, Aleksandr bilan bog‘langan”, - dedi Klipin.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Oston O‘runov ham “Spartak” klubi a’zosi hisoblanadi. U mavsumning ikkinchi yarmini "Ufa" safida ijarada o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Maksimenko Rossiya yoshlar terma jamoasi safida U-21 Evropa chempionatida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan jami 6 ta gol o‘tkazib yubordi. Gollarning 2 tasi penaltidan kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!