"Real" o‘z uslubida "Milan"ni mag‘lub qildi

  • 24 iyul, 2023, 09:09
  • 0
  • Futbol

"Real" va "Milan" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi madridliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Dastlab, Tomori 25-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Romero ajoyib goli bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Valverde dubl qildi va 84-daqiqada Vinisius g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, "Real" 5 ta gol urilgan uchrashuvda zafar quchdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!