“Real” qimmatbaho jahon chempionini oladi

  • 21 may, 2024, 15:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa faxriylari Luka Modrich va Toni Kroos bilan hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishga qaror qilgan.

Bu vaqt ichida klub mutasaddilari ikki yulduzning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topishi lozim. Hozircha, madridliklar Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Aleksis Makallister nomzodida to‘xtadi.

Makallister hozir “Liverpul” vakili hisoblanadi. Liverpulliklar futbolchi shartnomasidagi banddan foydalanib,  uni o‘tgan yozda “Brayton”dan 35 million funtga xarid qilgan.

Aleksisning yangi jamoa bilan tuzgan shartnomasida ham uni 60 million funtga sotib olish mumkinligi haqidagi band kiritilgan. “Real” 2025 yilning yozida mana shu bandni aktivlashtirish orqali 25 yoshli qimmatbaho o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
21/05/2024 19:50
Kroos ketadi