
"Real" qishda yangi futbolchi sotib olmaydi. Agar...
Madridning “Real” klubi futbolchilarining jarohatiga qaramay, transfer bozoriga kirishga shoshilmayapti. Karlo Anchelotti mavsum oxirigacha safdan chiqqan Daniel Karvaxalga umid bog‘lay olmaydi. Shu sababli Lukas Vaskes himoyaning o‘ng qanotini egallaydi.
Ispaniyalik jurnalist Xose Luis Sanchesning yozishicha, “qirollik klubi” asosiy o‘yinchilardan biri yana jiddiy jarohat olgan taqdirdagina qishki transfer paytida yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.
Madridliklar yozda o‘z safiga hujumchilar - Kilian Mbappe va Endrikni qo‘shib olishgan edi. Mish-mishlarga qaraganda, Karlo Anchelotti jamoada yangi himoyachini ko‘rmoqchi bo‘lgan, ammo rahbariyat murabbiyning bu istagini rad etgan.
Fikrlar