
"Real" Rodrigo borasida bir qarorga keldi!
Rodrigo yozgi transfer oynasida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati braziliyalik bilan xayrlashishga tayyor va unga minimal narx belgilagan. "Qaymoqranglilar" jamoasi futbolchini sotishdan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi. Rodrigoga Londonning "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi madridliklar safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rodrigoning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar