
“Real” shov-shuvli transferga qo‘l urmoqda
“Real” mutasaddilari “Bavariya” bilan katta transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Madridliklar tez orada myunxenliklar himoyachisi Alfonso Devisni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Relevo nashri jurnalistlari tomonlar o‘zaro muzokaralarda bir to‘xtamga kelishga yaqin ekanini yozmoqda.
Kanadalik himoyachining transferi “Qirollik klubi”ga 70 million evroga tushishi aytilyapti.
Devisning Bundesliga chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Joriy mavsumda Alfonso Germaniya chempionatida 11 marta maydonga tushib, jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar