
“Real” shov-shuvli transferga qo‘l urmoqda
“Real” mutasaddilari yana bir katta transfer bo‘yicha ish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Madridliklar tarkibni kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” sardori va etakchisi Bruni Fernandeshni nishonga oldi.
Sunday Express nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” sensatsion transfer uchun manchesterliklarga 100 million evro miqdorida badal puli taklif qilishni rejalashtiryapti.
Garchi Ruben Amorim portugaliyalik pleymeyker unga kerakligini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, taklif qilinayotgan summaning kattaligi va o‘yinchining xohishi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
30 yoshli Brunu Fernandesh ham har qanday futbolchi kabi sovrinlarga ega bo‘lishni istaydi. “Manchester Yunayted” hali muammolarida qutila olgani yo‘q. “Real”ga ko‘chib o‘tish orqali yoshi o‘tib borayotgan o‘yinchi katta yutuqlarga ega chiqishi mumkin.
Fikrlar