"Real" sobiq futbolchisi Vinisiusning harakatlarini keskin tanqid qildi
Xorxe Valdano Vinisiusning zaxiraga olinganiga qilgan reaktsiyasini tanqid qildi.
"Real"ning braziliyalik futbolchisi La Liganing 5-turida "Espanol"ga qarshi bellashuvda almashtirilishini bilgach, maydonga suv idishini uloqtirib, qo‘llarini namoyishkorona ko‘tardi.
"Vinisius avvalgidek emas, murabbiy esa hozir boshqa. U avval o‘zini yaxshilashi kerak. Keyin murabbiyni ishontirishi lozim. Omma oldida ko‘rsatilgan bunday xatti-harakat nosog‘lom.
"Real" Vinisiusga qarshi butun dunyo kurashayotgan bir paytda uni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq Vini dunyodan emas, murabbiydan g‘azablandi. "Qirollik klubi" rahbariyati esa har doim klub manfaatlarini futbolchidan ustun qo‘ygan.
Vinisius biroz ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Bu maydonga tushayotgan futbolchi uchun ham hurmatsizlik sanaladi", - dedi Valdano.



Fikrlar