
“Real” tez orada yangilik e’lon qiladi
“Real” rahbariyati jamoaning eng tajribali o‘yinchisi Luka Modrich kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
Marca nao‘rining yozishicha, “Qirollik klubi” 38 yoshli futbolchiga yangi shartnoma beradigan bo‘ldi va tez orada bu haqda rasmiy axborot tarqatilishi kutilmoqda.
Evropa matbuoti madridliklar tarkibni yoshartirish uchun xorvatiyalik futbolchidan voz kechib, keyingi mavsumdan uning o‘rnida 19 yoshli Arda Gyulerni o‘ynatishi haqida ko‘p yozilayotgan edi.
Biroq endi tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda. Modrichning o‘zi anchadan buyon faoliyatini aynan “Real”da yakunlashni orzu qilishni aytib, boshqa klublardan bo‘layotgan takliflarni rad etib kelmoqda.
Luka Modrich “Real” tarixida eng ko‘p sovrin yutgan uch futbolchidan biri hisoblanadi. Tajribali plemeyker madridliklar bilan 25 ta musobaqada g‘olib chiqqan.
Fikrlar