“Real” uchta katta transferdan voz kechdi

  • 17 may, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yil boshida himoya chizig‘i va darvozabon masalasida jiddiy muammolarga to‘qnash kelgandi. Shunga qaramay, Karlo Anchelotti jamoani chempionlikka erishishini ta’minlay oldi.

Tecno

Bosh murabbiy himoyaga yangi o‘yinchilarni olishni so‘ragan. Biroq klub rahbariyati katta xarajatlarga tayyor emas.

Xususan, madridliklar “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni olish fikridan qaytda. Myunxenliklar so‘rayotgan 70 million evro ularni qoniqtirmadi.

Shuningdek, har biri 100 million evroga baholanayotgan “Lill” vakili Leni Yoro va “Everton” o‘yinchisi Jerrad Brentueyt variantlaridan ham voz kechildi.

“Qirollik klubi” Ferlan Mendi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bundan tashqari, madridliklar “Jirona”dan o‘z tarbiyalanuvchilari Migel Guterresni qayta sotib olish orqali himoyadagi bo‘sh nuqtalarni to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!