"Real" va "Bavariya" oʻrtasidagi maxfiy kelishuv oshkor boʻldi
Foot Mercato nashri manbalariga koʻra, «Real» va «Bavariya» prezidentlari Florentino Peres hamda Gerbert Xayner oʻrtasida ochiq eʼlon qilinmagan kelishuv mavjud.
Unga binoan, har ikki klub rahbariyati raqib jamoa futbolchisi bilan muzokara boshlashdan oldin albatta oʻsha klubni rasmiy xabardor qilishi kerak.
Nashr yozishicha, aynan shu norasmiy kelishuv sabab «Real» hozircha Maykl Olise va uning vakillari bilan transfer boʻyicha rasmiy muloqotga kirishmagan.
Shu bilan birga, futbolchining oʻzi «Real»ga oʻtishni istashi taʼkidlanmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, Olise bu xohishini Fransiya terma jamoasidagi jamoadoshi, hozir madridliklar safida toʻp surib kelayotgan Kilian Mbappega ham aytgan.
Maykl Olise hozirda «Kristal Pэlas»dan oʻtganidan soʻng «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. Myunxen klubi tarkibida fransuz yarim himoyachisi ikki marta Germaniya chempioni boʻldi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Fikrlar