
"Real" va PSJ klublarining sobiq hujumchisi Osiyo klubi bilan shartnoma imzoladi!
“Real” va PSJ klublarining sobiq hujumchisi Xese Rodriges faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradi. 31 yoshli ispaniyalik hujumchi “Johor Darul Takzim” klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Qayd etish joiz, Xese “qirollik klubi” futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Rodriges “Real”ning asosiy jamoasi safida 94 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U Madrid jamoasi tarkibida Chempionlar ligasi, shuningdek, Ispaniya chempionati va mamlakat kubogida g‘alaba qozongan.
Xese faoliyati davomida PSJ, “Betis”, “Sporting” va “Sampdoriya” kabi jamoalarda to‘p surgan. Uning so‘nggi ish joyi Braziliyaning “Koritiba” klubi bo‘lgan.
Fikrlar