"Real" Vinisius bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
«Real» klubi Vinisius bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirmoqda. Madrid jamoasi rahbariyati braziliyalik hujumchini jamoada saqlab qolishni asosiy vazifalardan biri deb bilib, unga taklif etilayotgan moliyaviy shartlarni yanada yaxshiladi.
Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» Vinisiusga bir mavsum uchun 25 million yevro maosh taklif qilgan. Shu tariqa, «Real» avvalgi taklifini yana 5 million yevroga oshirdi — avvalroq hujumchiga yiliga 20 million yevro atrofida maosh taklif qilingan edi.
Vinisius hozircha madridliklar tarkibida eng muhim figuralardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Vinisius «Real» safida 2018 yil iyul oyidan beri to‘p surib kelmoqda. Hozirgi paytda esa u Braziliya terma jamoasi tarkibida Shimoliy Amerikada o‘tayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Fikrlar