“Real” Vinisius bo‘yicha bir qarorga keldi
“Real” va braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior oʻrtasidagi munosabatlar anchadan beri futbol jamoatchiligi tomonidan muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar bir necha marta toʻxtab qolgani ham bor gap.
Jurnalist Alberto Pereyro maʼlumotlariga koʻra, “Real” rahbariyati Vinisius Zhunior kelajagi boʻyicha bir qarorga kelgan. Ular 24 yoshli hujumchi bilan shartnomani yangilash masalasiga yana qaytadigan boʻldi.
Klubdagi kelajagi borasida ikkilanib qolgan Vinisiusning oʻzi ham Madridda qolish masalasini oʻzi uchun ustuvor ekanini tushunib yetdi. Endi tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yana jonlanadigan koʻrinadi.
Vinisius Zhunior 2018 yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda forvard madriddliklar safida 30 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 150 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar