"Real" Xabi Alonso qo‘l ostida ideal start oldi
Madridning "Real" klubi yangi mavsumni hayratomuz tarzda boshladi. Xabi Alonso shogirdlari seshanba kuni safarda "Levante"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (4:1) va chempionatdagi barcha 18 ochkodan 18 tasini jamg‘arib oldi.
"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, bu "Real" tarixi davomidagi atigi oltinchi holat bo‘lib, jamoa La Liganing dastlabki olti o‘yinida ham g‘alaba qozondi. So‘nggi marta bunday natija 2022/23 yilgi mavsumda qayd etilgan, undan oldin esa 1987/88 mavsumda sodir bo‘lgan.
Keyingi turda "qirollik klubi"ning g‘alabali seriyasini to‘xtatishga "Atletiko" urinib ko‘radi. Madrid derbisi 27 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15’da start olishi rejalashtirilgan.



Fikrlar